Jaholatga qarshi ma`rifat mavzusida uchrashuv bo’lib o’tdi

Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida  “Jaholatga qarshi ma`rifat” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirga Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining ijtimoiy  va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo’yicha  o’rinbosari R.Saparbaev, Din ishlari bo’yicha Qo’mitaning Qoraqalpog’iston Respublikasi xududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Q.Nezamatov, Din ishlari bo’yicha Qo’mitaning Qoraqalpog’iston Respublikasi xududiy boshqarmasi etakchi mutaxassisi B.Ayыmbetova, shuningdek, institutning Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo’limi, Rektorning xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi, institut psixologi, ma`naviy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosarlari va tьyutorlar, talaba yoshlar ishtirok etdi.  Tadbirda so’zga chiqqan mehmonlar, talaba yoshlarni bugingi globallashuv davrida ogoh bo’lishga, “Vatan”, “Millat”, “İymon-ishonch” muqaddas tuyg’ular bo’lib, uni hech narsaga almashtirib bo’lmasligini, din niqobidagi ekstremizm – xalqimiz tinchligi va totuvligi uchun havfli ekanligini teran anglash, uning oldini olish va qarshi kurashish bo’yicha ishlarni olib borish,  har bir fuqaroning Vatan oldidagi muqaddas vazifasi hisoblanishini atab o’tib, yoshlarni bilim olish, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, badiiy kitoblar o’qish, hozirgi yaratib berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirdi.

Shuningdek, tadbir doirasida institutimizda yoshlargi kiyinish madaniyati, alkogol istemoli, oilaviy kelishmovchiliklar va boshqa da yot illatlarning oldini olish bo’yicha aytib o’tildi.