Bugun Nukus shahrida Prezidentimizning 2022 yil 1 martdagi “Qishloq xo’jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini klaster-fermer xo’jaliklari va quruvchi tashkilot vakillariga tushuntirish, qarorda belgilangan tadbirlarni bajarishda ishtirok etuvchi rahbar-xodimlarni soha bo’yicha bilim va ko’nikmalarini oshirish bag’ishlangan o’quv-seminari o’tkazildi.
Seminarni Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori Elmurat Toreniyazov ochidi va kirish so’zida mintaqada suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati va Prezidentimizning bu borada qabul qilayotgan qarorlarida belgilangan tadbirlar haqida qisqacha to’xtalib o’tdi.
Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirining o’rinbosari R.Qarshiev so’zga chiqib, shu yilning 1 mart sanasida qabul qilingan PQ-144-son qarorda belgilangan tadbirlar, xususan, Orolbo’yidagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtiruvchilari suv tejovchi texnologiyalarni joriy etganlarida subsidiya orqali xarajatlarni qoplab berishda yaratilayotgan imtiyozlar va boshqa bir qator belgilangan tadbirlar haqida batafsil ma`lumot berdi.
Seminarda “Toshkent irrigaciya va qishloq xo’jaligini mexanizaciyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining Xalqaro hamkorlik bo’yicha rorektori A.Salohiddinov, ushbu universitetning Gidromelioraciya fakulьteti dekani A.Fatxulloev, O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligi Axborot-tahlil va resurs markazi boshlig’ining o’rinbosari A.Mangliev, İrrigaciya va suv muammolari ilimiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog’iston filiali direktori S.Qurbanbaev, Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutining prfessor o’qituvchilari A.Jumanazarova, O.Aqnazarovlar hududda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishga oid ma`ruzalari taqdimotlarini namoyish etib, tejamkor texnologiyalarning zarurati va ilmiy asoslari haqida keng turda ma`lumotlar berishdi.
Tadbirda dastlab, olimlarning ilmiy asoslangan ma`ruzalar tinglangan bo’lsa, ikkinchi qismida fermerlar va quruvchi tashkilotlar bilan suv xo’jaligi mas`ullari va olimlar o’rtasida savol-javob bo’lib o’tdi.
Muloqotlarda berilgan savollarga Qoraqalpog’iston Respublikasi Suv xo’jaligi vaziri v.v.b.B.Juzbaev javob berib, qarorda belgilangan vazifalarni bajarishda klaster va fermer xo’jaliklari hamda quruvchi tashkilotlar bilan birgalikda bajarishimiz, bu borada ham bir mas`ul xodim zimmasidagi vazifalarni bajarishga bor kuch-g’ayratini safarbar etishi zarurligini ta`kidladi.
Tadbir doirasida Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti hovlisida tuv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi va quruvchi tashkilotlarining ko’rgazmasi namoyish etildi.
Ko’rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlar mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlar mahsulotlari hamda quruvchi tashkilotlarning xizmatlari bilan tanishdilar. Ushbu jarayonda klaster va fermer xo’jaliklari rahbarlariga qabul qilingan qaror asosida kiritilayotgan o’zgarishlar ham bevosita tushuntirildi. Shuningdek, olimlar va suv xo’jaligi mas`ullari tadbirni yoritayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari savollariga atroflicha javoblar berib, qaror asosida amalga oshiriladigan tadbirlarni keng jamoatchilikka targ’ib etdilar.
E`tiborlisi, Qoraqalpog’istonda o’quv-seminari uch xil yo’nalishda, ya`ni ma`ruza, muloqot va ko’rgazma shaklida o’tkazilganligi yuqorida keltirilgan qarorning mazmun-mohiyatini ishtirokchilarga keng tushuntirish bilan birga olimlarni ishlab chiqaruvchilarga yaqinlashtirdi, o’zaro hamfkrlikda ishlashiga zamin yaratdi.