Qoraqalpogʽiston qishloq xoʽjaligi va agrotexnologiyalar institutiga 2022-yilning 5-aprel kuni Germaniyaning GIZ tashkiloti tomonidan baliqchilik yonalishi mutaxassislari Giom de Leste va Frederik Maudi kelib institut rektori professor E.Toreniyazov bilan uchrashdi. Uchrashuvdan asosiy maqsad Qoraqalpogʽiston Respublikasida baliqchilik yoʽnalishining oziq-ovqat mahsulotlarini hududning ekologik imkoniyatinan kelib chiqib, ishlab chiqishni yoʽlga qoyish hisoblanadi. Uchrashuvdan so’ng baliqchilik yoʽnalishining 4-bosqich va magistr talabalariga taqdimot asosida nazariy dars tashkillashtirildi.