Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori E.Sh.Toreniyazov Tailand qirolligidagi xizmat safari davomida Kasetsart qishloq xo’jaligi universiteti «Agronomiya» fakultetida tashkillashtirilgan uchrashuvda ishtirok etdi.

Uchrashuvda rektor E.Sh.Toreniyazov institutda qishloq xo’jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida taqdimot qildi va tailandlik olimlar bilan birgalikda hamkorlik istiqbollari bo’yicha muzokaralar olib bordi. Natijada kelgusida agrar sohasi bo’yicha hamkorlik aloqalarini o’rnatish bo’yicha o’z-aro kelishib olindi.