Portu Universitetidagi Erasmus+ haftaligi
2022 yilning 16-20 may kunlari Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i B.Abdikairov Evropa Ittifoqi Erasmus+ dasturining Mobile2be loyihasi doirasida Portugaliyaning Portu Universitetida tashkillashtirilgan Xalqaro kredit mobilligi (XKM) haftaligida ishtirok etdi. XKM haftaligida 14 davlatdan 30 ishtirokchi qatnashib ular qatorida Kanada, Misr, Janubiy Afrika, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan ishtirokchilar faol ishtirok etishdi. XKM davomida Portu Universiteti va shahri bo‘yicha qiziqarli ta foydali ma‘lumotlar berildi.