Institutimiz vakillari Germaniyadagi treningda
2022 yilning 23-28 may kunlari Germaniyaning GIZ tashkilotining “ECO-ARAL” loyihasi doirasida Germaniyaning Berlin va Bonn shaharlarida tashkillashtirilgan “Geoaxborot tizimi treningi”da Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i B.Abdikairov va Matematika, fizika, kimyo va axborot texnologiyalari kafedrasi assistenti D.Babanazarovlar faol ishtirok etib keldi. Trening davomida ishtirokchilar Reiner Lemone instituti, Postdam iqlim tasirini o‘rganish instituti, Qayta tiklanadigan energiya qishlog’i Feldxaym, Bonn butunjahon konferentsiya markazi va Oberxausen gazometrlariga tashrif buyurdi. Toshkent shahrida tashkillashtirilgan oldingi treninglarni hisobga olgan holda treningning asosiy maqsadi ishtirokchilarni amaliyotda geoaxborot tizimlari bilan yaqindan tanishtirish hisoblandi. Trening yakunida ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.