Vetnamlik mutaxassislar bilan uchrashuv

2022-yil 6-iyun kuni institut rahbariyati bilan Vetnam davlatining sholichilik sohasidagi mutaxassislari Ngiya Pharm va Ngiya Phu Tang o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Qoraqalpog‘iston Respublikasida sholining ertapishar navlarini yetishtirish bo‘yicha o‘tgan yili boshlangan loyihaning Vetnam sholi navlarini yetishtirish va moslashtirishni davom ettirishdan iborat. Sholi yetishtirish bo‘yicha tajribalar o‘tkaziladigan asosiy joy Chimboy tumanidir. Sholini dastlabki etishtirish uchun Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tanlandi.