Yaponiya bilan hamkorlikni rivojlantirish

2022-yil 4-avgust kuni institutimizga Yaponiyaning TOKIWA fitokimyoviy kompaniyasining Xorijda biznesni rivojlantirish menejeri Nazirov Doniyor tashrif buyurib, institutimiz rektori professor E.Toreniyazov bilan uchrashdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad institut va kompaniya o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va dorivor o‘simliklar sohasida hamkorlikda ilmiy-amaliy ishlarni amalga oshirishdan iborat. Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi dorivor o‘simliklar genofondini o‘rganish, ularni yetishtirish va ishlab chiqarishda oqilona foydalanish borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.