Yangi o‘quv yilida – keng ko‘lamli vazifalar: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiya institutida professor-o‘qituvchilari yig‘ilishi bo’lib o’tdi.

Yangi 2022/2023 o‘quv yilida institutning ilmiy-ma’rifiy va xalqaro faoliyatida qanday yutuqlarga erishilgani, yaqin kelajakda hal etilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar – shu va boshqa masalalar 2022-yil 31-avgust kuni Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti professor-o‘qituvchilari yig‘ilishida muhokama qilindi. Uchrashuvni institut rektori q.x.f.d-r prof. Toreniyazov E.Sh. boshlab berdi va yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan hamkasblarini tabriklab, bu yil barcha o‘qituvchi va talabalar uchun ilm-fan va ta’lim yutuqlari, kasbiy va shaxsiy g‘alabalar yili bo‘lishini tiladi.
Bundan tashqari, ta’lim va fan tizimini rivojlantirish va takomillashtirishda faol ishtirok etayotgan, institut rivojiga katta shaxsiy hissa qo‘shgan institut xodimlarini, professor-o‘qituvchilarini va talabalarni ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida diplom, ko‘krak nishoni va medallar topshirdi. . Mustaqilligimizning 31 yilligiga bag‘ishlab prof. Auezov O. va prof. Sabirov G “O‘zbekiston mustakilligiga 31 yil” esdalik nishonlari bilan taqdirlangandi. Dotsent ilmiy unvoni bilan dotsent Seilbekov B. va dotsent Aliyeva G. mukofotlandi. Dauletmuratov M. “Umid uchquni” ko‘krak nishoni bilan tasdiqlandi. Talaba qizimiz Arzibayeva A. “Biologiya fanlari olamida” halqaro tanlovda biologiya fanidan g’olib bo’lib diplom va medal bilan mukofotlandı. Shuningdek, g‘olibni tayyorlaganligi uchun fan doktori Jollibekov B. diplom va medal bilan taqdirlandi.Xalqaro tanlov va olimpiadada qatnashgan talabalar Joldasbayeva J. va Tilepov D.lar diplom bilan taqdirlandi. Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘quv jarayoniga yangi texnologiya va o‘qitish uslublarini joriy etish, ilmiy izlanishlarni rivojlantirish, ko‘p yillik vijdonan mehnati uchun faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan professor-o‘qituvchilar ham taqdirlandi jumladan Naurezov T., dots. Aytboev K, prof. Shamuratova N., Karimullaeva M.
So‘ngra, majlis davomida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ibragimova R., o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor dots. Absattarov N., Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor q.x.i.d-r Jollibekov B. universitetning o‘tgan o‘quv yilidagi asosiy natijalari va yutuqlariga to‘xtalib, yangi 2022/2023 o‘quv yili uchun rejalar haqida gapirdi. Prorektorlar o‘tgan yil davomida fakultet va kafedralar, o‘qituvchi va olimlarning asosiy vazifasi – sifatli ta’lim olish, samarali ilmiy izlanishlar olib borish, qulay mehnat sharoitlarini yaratishda yordamlashdi. Kelgusida mavjud ilmiy-innovatsion tuzilmalarni mustahkamlash, ularning o‘zaro bog‘lanishi va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari ko‘riladi, nashriyot faoliyati reytingini oshirish siyosati olib boriladi. O‘tgan o‘quv yilida institutning xalqaro aloqalari ko‘plab sohalarda kengaydi va mustahkamlandi. Talaba yoshlarni tarbiyalash borasidagi tarbiyaviy va ijtimoiy ishlarning ahamiyati, uning institutda mutaxassislar tayyorlashning butun jarayoni bilan uzviy bog‘liqligi alohida qayd etildi. Shuningdek, uchrashuv davomida institutimizga profilaktika inspektori leytenant Kenesbayev T. biriktirilgani bilan tanishtirildi.Institutimiz rektori Toreniyazov E.Sh. ta’kidlaganidek : «Yangi o‘quv yilida institut va uning professor-o‘qituvchilari oldida keng ko‘lamli vazifalar turibdi. Ularni hal qilish ustida ishlash maksimal samarali muvofiqlashtirish va aniq ishlash intizomini talab qiladi.» Uchrashuv so‘ngida institut rektori barchani O‘zbekiston Mustaqilligining 31 yilligi bilan tabrikladi! Hammaga sihat-salomatlik, ilhom va kelgusi ishlarimizga muvaffaqiyatlar, oilada tinchlik, totuvlik va farovonlik tiladi.