2022-yil 27-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiya institutida M. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti aspirantlari K. Prokopyeva va T. Kalnin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv B.Abdiqairovning nutqi bilan boshlandi va institutimiz professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan mehmonlar bilan tanishtirdi.
Aspirantlar o‘zlarining ilmiy loyihalarini taqdim etdilar, va ular doirasida ilmiy maqolalar chop etilganligini aytib o‘tdilar. K.Prokopyevaning ilmiy-tadqiqot ishining mavzusi – “Qalmog‘iston Respublikasi misolida quruq dashtdagi tuproq sho‘rlanishining raqamli fotoindeksatsiyasi”, T. Kalniniki bo‘sa – “Tuproqlarning tomografik ko‘rsatkichlari va agrofizik xususiyatlari”. Uchrashuv yakunida mehmonlar institutimiz bilan ilmiy-tadqiqot faoliyatida hamkorlik qilishga, tajriba, bilim va ko‘nikmalar almashishga tayyor ekanligini bildirdilar.