Joriy yilning 3 oktyabr kuni institut rektori prof. E.Sh.Toreniyazov – «Yaponiya go’zallik texnologiyalari akademiyasi» kompaniyasining direktori va asoschisi Yu.N.Rotshild va Rossiya axborot texnologiyalari kompaniyasi vakili V.V.Efimova bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida fan va ishlab chiqarish sohasida qo‘shma hamkorlikka oid qator masalalar muhokama qilinib, mehmonlar tomonidan qator tashabbuslar ilgari surildi. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri axborot texnologiyalari bo‘yicha tezlashtirilgan kurslarni yaratish va ishga tushirish bo‘lib, unda institut talabalari ham, o‘qituvchilari ham qatnashishi mumkin. Kurslar qishloq xo‘jaligida axborot texnologiyalarini qo‘llashning zamonaviy tendensiyalari asosida tashkil etiladi.