Yaponiyaning Tokio qishloq xo’jaligi va texnologiya universiteti delegatsiyasi institutimizda mehmonda

? 2022-yil 2-3-noyabr kunlari Yaponiyaning Tokio qishloq xo’jaligi va texnologiya universiteti Xalqaro markazi direktori o’rinbosarı prof. Yoshiko Kawabata va talabasi Mr. Yuta Hanayoshi Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiya institutiga tashrif buyurishdi va institutimiz rektori prof. E. Sh. Toreniyazov, o’qish ishlari bo’yicha prorektor b. f. k. dots. N. Absattarov va Ilmiy ishlar va innovaciya bo’yicha prorektor q. x. f. d. B. Jollibekov bilan uchrashdi. Uchrashuvda Tokio qishloq xo’jaligi va texnologiya universiteti va Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiya instituti o’rtasida ilm-fan va ta’lim sohasida kelajakdagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Delegatsiyaning tashrifi davomida institutimizda innovatsion qishloq xo’jaligi va Qoraqalpog’istonda qishloq xo’jaligini rivojlantirish sohasida ma’ruzalar o’qitildi, seminarlar va talabalar bilan davra suhbatlari o’tkazildi.