Institutimizda «Qishloq xo’jaligi rivojida olima xotin-qizlarning o’rni» mavzusida ilmiy -seminar o’tkazildi

 

Bugun 13-noyabr kuni institutimizda O’zbeksdan Respublikasi xotin-qizlar «OLIMA» uyushmasi Qoraqalpog’iston bo’limi, «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» ga bag’ishlab «Qishloq xo’jaligi rivojida olima xotin-qizlarning o’rni» mavzusida ilmiy -seminar o’tkazildi. Seminarda institutimızning ilmiy ishlar va innovaciya bo’yicha prorektor B. Jollıbekov, Andijon Xotin-qizlar Qo’mitasi «Olima» uyushmasi boshlig’i M. Yusupova, O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar «Olima» uyushmasi Qoraqalpog’iston bo’limi boshlig’i T. Oserbaeva, prof. N. Shamuratova, tyutorlar va talaba -qizlar ishtirok etishdi. Seminarda Olima ayollarning ilm-fan rivojlanishidagi o’rni, institutimizda Olima xotin-qizlarining ilm-fandagi yutuqlari, Andijon va Qoraqalpog’iston Olimalarınıng hamkorlikdagi natijalari haqqida so’z bordi.