«O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi» institutimizda keng nishonlamoqda

 

? Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir.
Bugun 17-noyabr kuni institutimizda “18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi hamda 16-noyabr Xalqaro bag’rikenglik kuni» munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi.Bunda «Gumanitar fanlar» kafedrasi katta o’qituvchisi Z. Mambetniyazova, Tariyx fanlari doktori ( PhD ) T. Ametov, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M. Tlegenov qatnashdilar.
Tadbirda yurtboshimiz tomonlaridan olib borilayotgan oqilona siyosatning nechog’lik to’g’ri ekanligini aytib o’tildi.
Tadbir davomida talabalar ham o’zlarini qiziqtirgan yurtimizda diniy soha rivojida amalga oshirilayotgan ishlar haqida savollar bilan murojaat qilishib, ko’plab foydali ma’lumotlarga ega bo’lishdi.