“Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz”
Jamiyatda barqarorlik, millatlararo totuvlik va oʻzaro hamjihatlik, doʻstlik muhitini qaror toptirish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiya qilish maqsadida va 16-noyabr Xalqaro bagʻrikenglik kuni munosabati bilan “Maʼrifat va millatlararo bagʻrikenglik” shiori ostida bugun 18-noyabr kuni institutimizda “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz” mavzusida maʼrifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirni Ilimiy isler hám innovaciya boyınsha prorektor B. Jollıbekov ochib berdi. Bugungi yosh avlod tinchlik va barqarorlik masalasiga o‘zini daxldor deb biladi va bu buyuk ne’matlarni asrab-avaylashning naqadar muhimligini chuqur anglaydi. Tadbir davomida mazkur sanaga bag‘ishlab talabalar tomonidan tayyorlangan katta bayram tadbiri namoyish etildi.