Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

O’zbekistonning Isroildagi elchixonasi tashabbusi bilan 2022 yil 21-24 noyabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari professorlari delegatsiyasining Isroil Davlatiga rasmiy tashrifi amalga oshirilmoqda. Tashrifning asosiy maqsadi fan va ta’lim sohasida hamkorlikni yo’lga qo’yishdir. Delegatsiya tarkibida «irrigatsiya va melioratsiya» kafedrasi dotsenti A. Jumanazarova ishtirok etmoqda. Safar doirasida mamlakatning bir nechta universitetlari bilan uchrashuvlar va ular bilan shartnoma imzolash rejalashtirilgan. 23-noyabr kuni A. Jumanazarovaning Xebreu Quddus universiteti qoshidagi xalqaro agrar fanlar maktabi vakillari bilan uchrashuvi rejalashtirilgan bo’lib, unda ikkala universitetning qishloq xo’jaligi sohasidagi hamkorlik masalalari va istiqbollari muhokama qilinadi. O’zaro uchrashuvlarning samarali natijasiga umid qilamiz.