USAID loyihasi doirasida agrobiznesni rivojlantirish

? USAID agrobiznesni rivojlantirish loyihasi doirasida Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiya instituti, «Baliqchilik» kafedrasi «Zooinjeneriya» fakulteti professor-o’qituvchilari va magistrantlari «Nukus-baliq» MChJga tashrif buyurib, kompaniya vakillari bilan uchrashib u yerda baliq yetishtirish, ishlatilgan suvni qayta ishlash, aylanma suv ta’minoti tizimlaridan foydalanishning zamonaviy intensiv usuli texnologiyalari bilan tanishdi. Tashrif yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar berildi va fan va amaliyot integratsiyasini yanada rivojlantirish bo’yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. ? ?