Xalqaro hamkorlik

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sholi yetishtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida » gi qarorida va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Qoraqalpog’iston Respublikasi agrotexnologiya va qishloq xo’jaligi institutini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida» gi qarorida ko’rsatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institut rahbariyati rektor prof. E.Sh.Toreniyаzov va ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor q.x.f.d. B.B.Jollibekov 2023 yil 11-14 yanvar kunlari Vetnam Sotsialistik Respublikasiga tashrifi rejalashtirilgan. Tashrifning asil maqsadi Vetnam milliy agrar universiteti bo’lib, unda sholichilik yo’nalishi bo’yicha qo’shma ta’lim dasturi va uni yaqin kelejakda amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi. Institut rahbariyatining Vetnam milliy agrar universitetiga samarali tashrifiga umid qilamiz.