Yaponiya bilan hamkorlikni rivojlantirish

2023-yil 11-fevral kuni Yaponiyaning Japan Conservation Engineers tashkiloti vakili Yoshida Kazuyo va Katahira & Engineers International kompaniyasining loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha menejeri R.Abdukadirovlar institutga tashrif buyirib, institutimiz ma’muriyat va professor-o’qituvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tashrifdan maqsad institut va kompaniya o‘rtasida tuproq sho‘rlanishi, suvdan oqilona foydalanish sohasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va tajriba almashishni o‘z ichiga olgan barqaror boshqaruv va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish sohasida aloqa o‘rnatish va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishdan iboratligi takidlab o’tildi. Uchrashuv so‘ngida mehmonlar institut laboratoriyalari va birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish imkonini beruvchi infratuzilma bilan tanishtirildi.