Qoraqalpogʻiston Qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida «Qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish uchun tuproq tadqiqotlari natijalaridan foydalanish yoʻllari» mavzusida oʻquv-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi Vazirligining boʻlim boshligʻi T.Sultonov, Toshkent shahar tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti boʻlim boshliqlari B.Atayov va S.Achilov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Agrokimyoviy tahlil markazi direktori oʻrinbosari Q.Ametov va laboratoriya boshligʻi G.Aleminovalar ishtirok etdi.

Tadbirda tuproqshunoslik sohasidagi olim va mutaxassislar tomonidan agrokimyoviy kartogrammalar asosida oʻgʻitlash meʼyorlarini belgilash, tuproq klinikasi asosida agrotexnik tadbirlar samaradorligini oshirish boʻyicha ilmiy va amaliy tavsiyalar berildi.