“Agrobiznes” ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich magistranti Kalmuratov Rashid Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati GIZning “Orolboʻyi mintaqasining ekologik yoʻnaltirilgan mintaqaviy rivojlanishi – ECO-ARAL” loyihasi doirasida 2023-yil 13-17-fevral kunlari Germaniyaning Nyurnberg shahrida bo‘lib o‘tgan “Organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat” nomli yetakchi xalqaro BIOFACH-2023 ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Ushbu ko’rgazmada har yili 1500 dan ortiq kompaniya mahsulotlari koʻrgazmaga qoʻyiladi hamda unda 100 000 dan ortiq ishtirorchilar qatnashadi. R.Kalmuratov dorivor o‘simliklarni ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha “German Worlee”, “Martin Bauer”, “Flavex”, “Aromaplant”, “American Traditional Medicinals”, “Pure Ground Ingredients”, “Herb Pharm”, “France Herbier”, “Germaniyaning importni rivojlantirish IPD” tashkiloti kabi yetakchi kompaniyalar, shuningdek, bir qator boshqa xalqaro kompaniyalar va organik va yovvoyi o’simliklarni sertifikatlash kompaniyalari vakillari bilan tanishib keldi.