Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida  ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirish hamda bu yo’nalishdagi ishlarni tizimli yo’lga qo’yish masalalariga bag’ishlanib seminar tashkil etildi.

Tadbirda institut faoliyatini tashqi baholashga jalb etilgan ekspert komissiya a’zosi, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi bosh mutaxassisi I.Abdirasulov,  Qoraqalpoq davlat universiteti, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan orinbosari, komissiya a’zosi I.Djumaniyazov, Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti prorektorlari, dekan o’rinbosarlari, tyutorlar hamda yoshlar ittifoqi yetakchilari ishtirok etdi.

Unda yoshlar ta’lim-tarbiyasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ahamiyati hamda tyutorlar faoliyatining natijadorligini oshirish masalalari bo’yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, ta’lim-tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yish ma’naviy-ma’rifiy ishlarni to’g’ri tashkil etish bilan bevosita bog’liq.

 Ta’lim muassasalarida  ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish ham ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-pedagogik jihatlarga ega. Masalaning  ijtimoiy-siyosiy jihati Respublikamizda keng amalga oshirilayotgan O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, xalqning tafakkurini rivojlantirish, buyuk davlatni barpo etish, umuminsoniy va milliy qadiryatlar uyg’unligiga asoslangan fuqarolik jamiyatni qurish va buning uchun ma’naviyat va ma’rifatni takomillashtirish zaruratidan kelib chiqadi.