O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21-dekabrdagi “Yangi O’zbekiston ma’muriy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-269-son Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
7-iyundagi “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o’tkazish tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi 470-son qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining
2023-yil 17-fevraldagi 23-sonli buyrug’iga muvofiq Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti faoliyati ekspert komissiya tomonidan tashqi baholashdan o’tkazilmoqda.Ekspert komissiya a’zolari tomonidan dastlab muassasaning me’yoriy hujjatlarlar bilan taminlanishi hamda undan foydalanish natijalari o’rganildi, shuningdek, institutdagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni o’rganish maqsadida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar haqida talabalar bilan suhbat o’tkazildi.Talabalarning bilim saviyasini, savodxonlik darajasini aniqlash maqsadida talabalar ishtirokida nazorat ishlari (test sinovlari) olib borildi. Unda ekspert komissiya a’zolari tomonidan nazorat ishlari kuchaytirilib, talabalarning erkin hamda mustaqil test sinovlaridan o’tishiga sharoiyt yaratildi. Shu bilan birga, institut prorektorlari, dekan, dekan o’rinbosarlari, kafedra mudirlarining salohiyatini hamda amalga oshirgan ilimiy ishlarini baholash maqsadida suhbat tashkil etildi va unda ularning me’yoriy hujjatlarlarga asoslanib olib borayotgan ishlari inobatga olindi.Tashqi baholash jaroyanlari mehnat intizomi saqlangan holda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilgan holda shaffof tarzda o’tkazilmoqda.Ma’lumot uchun, institutimizni tashqi baholashdan o’tkazish jarayonlari joriy yilning 17-martiga qadar davom etishi belgilangan.