Bugun, 4-aprel kuni Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida «Men befarq emasman» shiori ostida targ’ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda «Men befarq emasman» targ’ibot poezdi loyihasi rahbari, yuridika fanlari doktori A.Matmurodov hamda Toshkent davlat yuridika universiteti talabalari tomonidan «Yangi O’zbekistonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya» ma’ruzasi asosida batafsil ma’lumotlar berildi.
Unda so’zga chiqqanlar Konstitutsiyaga kiritilayotgan o’zgartish va qo’shimchalar, uni yangilashga zarurat, O’zbekiston ijtimoiy davlat, O’zbekiston-huquqiy davlat deb belgilanishi, inson huquq va erkinliklari ustuvorligi haqida keng turda tushununchalar berdilar.
Tadbir so’ngida ishtirokchilarga ma’ruzaga oid savollar berildi hamda to’g’ri javob bergan ishtirokchilarga kitoblar sovg’a qilindi.