O’quv seminar tashkil etildi
Institutda oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi ilm texnika va axborot markazi direktor oʻrinbosari e.f.d N.Haydarov hamda Toshkent davlat universiteti professori, e.f.d J.Isakovlar ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda institutning professor-oʻqituvchilari va talaba yoshlari ishtirok etdi. Tadbirda professor N. Xaydarov tomonidan «Davlat moliyasini boshqarish» mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.
Ma’ruzada moliya organining sifat belgilari, 2023-yil uchun O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari, moliyaviy siyosat, byudjet Qonuninda nazarda tutılgan vaziyatlar va boshqada mavzular boʻyicha keng turda maʼlumotlar berildi