Vetnam milliy agrar universiteti bilan hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda
Xalqaro aloqalarni yuqori darajaga olib chiqish hamda sholichilik yo’nalishida malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Vetnam milliy agrar universiteti bilan hamkorlik shartnaması tuzilgan.
Shartnamaga asosan magistratura bosqichida sholichilik yo’nalishini ochish rejalashtirilgan bo’lib, 2023 yilning 26-30 mart kunlari institut rektorı professor E. Sh. To’reniyazov hamda ilmiy ishlar va innovaciyalar bo’yicha prorektor q. x. f. d., B. B. Jollıbekov Vetnam Respublikasida xizmat safarida bo’ldi.
Xizmat safari davomida Xanoy shahrida joylashgan Vetnam milliy agrar universitetiga borib, o’sha yerda universitet rahbarlari, fakultet dekanlari hamda professor-o’qituvchilar bilan uchrashuvda ishtirok etdi va universitetning dala tajriba maydonlarida bo’lib, u yerda asosan ekiladigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari bo’yicha ma’lumotlar oldi.
Uchrashuv yakuni bo’yicha, Vetnam milliy agrar universiteti hamda institutimiz o’rtasida sholichilik yo’nalishi bo’yicha qo’shma magistratura yo’nalishini ochishning aniq rejaraları belgilab olindi hamda bu ishlarni yaqin kunlarda amalga oshirish bo’yicha ikkita oliy o’quv muassasasi kelishuvga keldi.