Referendum doirasida «Talaba-Fest» madaniy tadbiri bo’lib o’tdi
Fuqarolarni emin-erkin va farovon hayoti, huquqlarining kafolati bu Konstitutsiya. Xalqimiz qonun ustuvorligi bo‘lmish konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartishlarni endi o‘zlari bir ovozdan maqullash huquqiga ham ega. Zero, bu yurtda inson qadri aziz.
Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida O’zbekiston Respublikasi Referendumi doirasida «Talaba-Fest» madaniy tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbir talabalarda katta taassurot o’yg’otdi. Ko’tarinki rux, yaxshi kayfiyat tadbirning oxirigacha tark etmadi.
Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti Axborort xizmati.