«Orolbo’yi mintaqasida iqlimga mos qishloq xo’jaligi: tuproq sho’rlanishi va iqlim o’zgarishi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligi» loyihasi doirasidagi seminar-trening bo’lib o’tdi
Joriy yilning 2 iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo’yi Xalqaro Innovatsion Markazining tajriba stantsiyasida Sho’rlangan Erlarda Biodehqonchilik Xalqaro Markazining O’rta Osiyo va Janubiy Kavkaz ofisi (ICBA-SAS): AQShning (AEIF) granti tomonidan moliyalashtirilayotgan «Orolbo’yi mintaqasida iqlimga mos qishloq xo’jaligi: tuproq sho’rlanishi va iqlim o’zgarishi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligi» loyihasi doirasidagi seminar-trening bo’lib o’tdi.
Seminar-treningni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo’yi Xalqaro Innovatsion Markazi direktorining ilm va ishlab chiqarish bo’yicha o’rinbosari Kamoliddin Idirisov va loyiha koordinatori O’tkirbek Tadjimov ochib berdilar.
Ushbu tadbir Sho’rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA), O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo’yi Xalqaro Innovatsion Markazi, Toshkent davlat agrar universiteti va Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalari instituti hamkorligida tashkil etildi.
Ushbu loyihadan maqsad hamkorlikda bajarayotgan loyihalarni yosh ilmiy xodimlarga etkazish va qishloq xo’jaligiga joriy qilinishi kutilayotgan zamonaviy texnologiyalarni tadbiq etishni hamda Qoraqalpog’istonning turli tumanlarida qishloq xo’jaligi mutaxassislarini iqlimga mos qishloq xo’jaligi ishlanmalarini o’rgatish, ularni ilmiy asoslangan bilim va ma’lumotlar bilan taminlash, treninglar o’tkazish orqali zamonaviy yondashuvlarni almashishdan iborat.
Loyiha faoliyati va ko’lami Qoraqalpog’istonning chekka hududlarida kengaytirish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan bo’lsa-da, natijalar va ta’sirlar hududning qishloq xo’jaligi va texnologik rivojlanishi, iqtisodiy islohotlar, ishchi kuchini rivojlantirish va yashil ish o’rinlari imkoniyatlariga yanada kengroq ijobiy ta’sir ko’rsatishi kutilmoqda.
Shuningdek tadbirlarda “Orolbuyi xududida ekinlar etishtirishda resurs tejamkor innovatsion texnologiyalar”, “Ekinlar uchun suv talablari. Sug’orishni rejalashtirish”, “Iqlim o’zgarishi sharoitida qishloq xo’jaligi ekinlari diversifikatsiyasi, “Orolbo’yi hududida ekinlar etishtirish” mavzularida taqdimotlar bo’lib o’tdi.
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Milliy tadqiqot universiteti Ekologiya va suv resurslarini boshqarish kafedrasi dotsenti i A.Karimov.
Sho’rlangan erlarda Biodexqonchilik Xalqaro Markazining O’rta Osiyo va Janubiy Kavkaz ofisi (ICBA) ilmiy xodimi, loyiha rahbari B.Xaitov.
Loyiha doirasidagi seminarda soha mutaxassislari, Toshkentdagi Amerika qo’shma shtatlari echixonasi vakillari, Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalari instituti talabalari va mustaqil izlanuvchilari hamda tayanch doktorantlar qatnashdilar.
Seminar qatnashuvchilari ko’p savolar berib seminarning qiziqarli bo’lishiga katta hissa qo’shishdi. Seminar yakunida seminar qatnashuvchilari serifikatlarga ega bo’ldilar.