Abiturientlarni ro’yxatga olish 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham) davom etadi. Chet tilidan ijodiy imtihon o’tkaziladigan ta`lim yo’nalishlariga qabul esa 10 iyul kuni yakunlanadi.

2023-2024 o’quv yili uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Bilimni baholash agentligining https://my.uzbmb.uz  saytiga joylashtirildi.

Video qollanmani ko’rish

Abiturientlar my.uzbmb.uz saytining «Oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga qabul» bo’limi orqali onlayn ro’yxatdan o’tishlari mumkin.

Bunda abiturientlar fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo’lgan beshtagacha bakalavriat ta`lim yo’nalishini tanlash imkoniyatiga ega.

Abiturientlarni ro’yxatga olish 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham) davom etadi. Chet tilidan ijodiy imtihon o’tkaziladigan ta`lim yo’nalishlariga qabul esa 10 iyul kuni yakunlanadi.

Mazkur muddat davomida abiturientlar o’z ma`lumotlarini o’zgartirishlari hamda chet tilidan sertifikatga ega bo’lsa, sertifikat ma`lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin