Institutimizda «Geografik ma’lumotlar texnologiyalari markazi va laboratoriyasi» o’z faoliyatini boshladi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 maydagi “Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 275-sonli qarorining 5-bandida 2022-2023 o’quv yilidan e’tiboran Qoraqalpog’iston tuproq iqlım sharoitini hisobga olib, yer dagradatsiyası va atrof muhitda monitoring tadbirlarini zamonaviy texnologiyalar asosida olib borishda geografik ma’lumotlar texnologiyalaridan foydalanish maqsadida institut tarkibida Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ-ECO-OROL-Orolbo‘yida ekologiyaga yo‘naltirilgan mintaqaviy rivojlantirish loyihasi) bilan hamkorlikda «Geografik ma’lumotlar texnologiyalari» markazi va laboratoriyasini tashkil etish” vazifasi belgilab berilgan edi.

Mazkur vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 22-iyun kuni Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan «Orolbo‘yida ekologiyaga yo‘naltirilgan mintaqaviy rivojlantirish» qo‘shma loyihasi asosida «Geografik ma’lumotlar texnologiyalari markazi va laboratoriyasi» ning ochilish marosimi bo’lib otdi.

Tadbirda Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektorı E.To’reniyazov, O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi Vaziri maslahatchisi A.Shukurov, GIZ, ECO-OROL-Orolbo‘yida ekologiyaga yo‘naltirilgan mintaqaviy rivojlantirish loyihasi menejeri Paul Schumaxer, Germaniya aerokosmik markazi vakili Igor Kleyn ishtirok etdi.

– Qishloq xo’jaligi Vazirligi va Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati GIZ, ECO-ARAL-«Orolbo‘yida ekologiyaga yo‘naltirilgan mintaqaviy rivojlantirish» loyihasining asosiy yo’nalishlaridan biri Qoraqalpog’iston Respublikasi Orol bo’yi mintaqasida ekologik muhitga ijobiy ta’sir ko’rsatishdan iborat, – deydi O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi Vazirining maslahatchisi A. Shukurov.

-Loyihamizning muhim maqsadlaridan biri oliy ta’lim tizimi bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish orqali yoshlarga bilim berish, innovatsiyalar bilan tanishtirish va ularni o’rgatishdan iborat. Shu maqsadda Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida «Geografik ma’lumotlar texnologiyalari markazi va laboratoriyasi» tashkil etilmoqda. Bu laboratoriyanıng asosiy maqsadi, geografik ma’lumotlarni xaritalashtirish va zamonaviy texnologiyalar asosida tizimlashtirish hamda raqamli xaritalarni yaratishdan iborat.

Bu qishloq xo’jaligi uchun muhim bo’lgan texnologiyalardan biri bolib, bu xususan, ekin maydonlari, yoylov, sho’l hududlari, suv obektlerini raqamli xaritalashtirishga xizmat qiladigan tizim.
Ushbu tizimdan birinchi navbatda talabalar, amaliyotchilar, ishlab chiqarishda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar foydalanadi. Bu ta’lim, ilm va ishlab chiqarishni integratsiya qiladigan yangi markaz bo’lib xizmat qiladi.

Tadbir davomida ishtrokchilar laboratoriya bilan yaqindan tanishdi va o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javoblar oldi.
Tadbirning keyingi qismida laboratoriyaning xizmat va vazifalari xususida keng turda tushuntirishga yo’naltirilgan seminar-trening bo’lib o’tdi.