Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi. Uchrashuvda ilm yo‘lida yuksak natijalarga erishgan ustozlar, ularning shogirdlari va institutning 1-kurs talaba-yoshlari ishtirok etdilar.
Tadbirni institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Z. Mambetniyazova kirish so‘zi bilan ochib berdi va boshqarib bordi.
Suhbat jarayonida qishloq xo‘jaligi sohasiga katta hissa qo‘shib kelayotgan professor-o‘qituvchilar, jumladan, “O‘simlikchilik, o‘rmonchilik va landshaft dizayni” kafedrasi dotsenti Genjenazar Sabirov, “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi professori Zulfiya Sultonova hamda ularning shogirdlari – shu kafedra dotsenti Risnazar Yusupov va Registrator ofisi direktori Ikiram Sulaymonovlar ishtirok etib, yoshlarga o‘z tajribalarini ulashdilar.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yosh avlod vakillarining ilmga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni ustoz-shogird an’analariga sodiq holda yuksak natijalarga intilishlariga undashdan iborat bo‘ldi.