12-aprel kuni Xudoyor Matyoqubovning 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan uchrashuv kechasi bo‘lib o‘tdi
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida «Meva-sabzavotchilik va polizchilik» kafedrasi dotsenti, «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi» ko‘krak nishoni sohibi Xudayar Matyakubov 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan uchrashuv kechasi o‘tkazildi.
Xudiyar Matyakubov 2023-2025-yillarda «Qoraqalpog‘istonning mahalliy qovun navlari genofondini yaratish va eksportbop navlarining elita urug‘larini faol ko‘chat usulida yetishtirish» va 2023-2026-yillarda «Paxtaning Orolbo‘yi tuproq iqlim sharoitiga mos tola sifati jahon andoza talablariga javob beradigan va yuqori tola chiqimiga ega mahalliy navlarini yaratish va davlat nav sinoviga berish» nomli amaliy loyihalar rahbari.
Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori B.Jollibekov, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M.Davletmuratov, professor-o‘qituvchilar, shogirdlari va yaqinlari ishtirok etdi.
Uchrashuv institutimiz yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M. Dauletmuratov kirish so‘zi bilan ochib berdi va boshqarib bordi.
Shundan so‘ng, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori B.Jollibekov hamda uchrashuv ishtirokchilari X.Matyakubov haqida o‘z fikrlarini bildirish bilan birga bugungi kunga qadar olib borgan ilmiy va amaliy ishlariga alohida to‘xtalib o‘tdi.