O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida»gi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Majlis Senatining 2025 yil 18 martdagi SQ-100-V-sonli qaroriga muvofiq, davlat organlari va muassasalari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan birgalikda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlardan aholining, jumladan, yoshlarning xabardorligini oshirish, shuningdek, joylarda ko‘chma qabullar o‘tkazish orqali fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni hududiy davlat organlari vakillari bilan hamkorlikda hal etish choralarining ko‘rilishi belgilangan.
Shu asosda 20-may kuni Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talaba yoshlari o‘rtasida «Yangi O‘zbekistonda yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlari» mavzusida «Ombudsman maktab» tadbiri va talaba-yoshlar murojaatlarini o‘rganish maqsadida «Ombudsmanning sayyor qabuli» tashkil etildi.
O‘tkazilgan sayyor qabulni institutimiz Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M.Davletmuratov kirish so‘zi bilan ochib berdi va boshqarib bordi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili J.Shlimbetov, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosh boshqarmasining mas’ul xodimi AMadiyarov.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bo‘lim boshlig‘i K.Sadikov Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i D.Kuljanovlar so‘zga chiqdi.
So‘zga chiqqanlar bugungi kunda yoshlarga davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar, yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, oliy va professional ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilariga byudjet mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditini ajratish tartibi hamda oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ish o‘rinlarini yaratish haqida ishtirokchilarga qimmatli ma’lumotlar keltirib o‘tdi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha vakillaridan tegishli javoblar oldi.

(+99861) 229-27-01
ftga_info@edu.uz