2025-yil 21-iyul kuni Janubiy Ural davlat agrar universiteti (Rossiya) Agrotexnologiya va ekologiya kafedrasi dotsenti Anton Aleksandrovich xizmat safari bilan Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutimizga tashrif buyurdi.

 Mehmonni institut rektori B.B.Jo‘llibekov va prorektorlar kutib oldi va samimiy uchrashuv tashkil etildi.

 Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi bugungi kundagi imkoniyatlari, ilmiy-tadqiqot ishlari va amalga oshirilayotgan loyihalari haqida o‘zaro fikr almashdilar.

 Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad institutimiz bitiruvchilari orasida Janubiy Ural davlat agrar universitetida o‘qishni istagan yoshlarni ushbu universitetga yo‘naltirish, shuningdek, ikki tomonlama ilmiy va ta’limiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi.

 Mazkur taklif institutimiz rahbariyati tomonidan ijobiy qabul qilindi va bitiruvchi talabalar ishtirokida alohida uchrashuv tashkil etildi.

 Uchrashuvda dotsent Anton Aleksandrovich Janubiy Ural davlat agrar universitetida grant va kontrakt asosida ta’lim olish imkoniyatlari borligini aytib o‘tdi. Ushbu ma’lumotlar bitiruvchilarimizda katta qiziqish uyg‘otdi.