Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan Innovatsion rivojlanish agentligi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamkorligida amalga oshirilayotgan qiymati 5,0 mln AQSH dollar bo‘lgan SATREPS-2020 dasturi doirasida qo‘shma muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning 4-uchrashuvi yakunlandi.

 Uchrashuvda Yaponiyalik va O‘zbekistonlik olimlar hamda loyiha ishtirokchilari tomonidan 2020–2025-yillarda amalga oshirilgan ishlar natijalari taqdim etildi. Shuningdek, loyihaning kelajakdagi rejalariga oid muzokaralar olib borilib, 2026-2027 yilda bajarilishi rejalashtirilgan ilmiy izlanishlar muhokama qilindi.

 Mazkur anjumanda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori B. Jollibekov va “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi professori Z.Sultonova ham ishtirok etdi.