Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida doktorantura bosqichida tahsil olayotgan yosh tadqiqotchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda institut rektori B.B. Jollibekov, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i A. Sayimbetov, bo‘lim mutaxassisi B. Panaeva hamda doktorantlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida rektor B.B. Jollibekov institutda amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar, ularning hozirgi holati hamda ayrim doktorantlarning erishayotgan yutuqlari haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, akademik harakatchanlik, xalqaro hamkorlik loyihalari, ilmiy tadqiqotlarning istiqbollari va kelgusidagi rejalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Muloqot jarayonida 3-bosqich doktorantlarning ilmiy izlanishlari va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish masalalari muhokama qilindi. Doktorantlarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglanib, ular bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Suhbat yakunida A. Sayimbetov doktorantlarga ilmiy tadqiqotlardan olinayotgan natijalarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish, xalqaro nufuzli jurnallarda maqolalar chop ettirish, ilmiy konferensiyalarda faol qatnashish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligini alohida ta’kidladi.