Qishloq xo‘jaligi ilmida “STEM” dasturi va “HECI” global maqsadining ahamiyati

2026-yil 14-mart kuni Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida mas’ul trener «Gumanitar fanlar va tillar» kafedrasining katta o‘qituvchi Z.Mambetniyazova tomonidan institut professor-o‘qituvchilari uchun “Qishloq xo‘jaligi ilmida STEM dasturi va HECI global maqsadining ahamiyati” mavzusida ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Unda ta’lim tizimiga STEM (science, technology, engineering, mathematics) yondashuvini joriy etish hamda HECI (humanity, ethics, creativity, imagination) global maqsadiga muvofiq, mehnat bozoriga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida STEM dasturini yaqin istiqbolda bosqichma-bosqich joriy etish, HECI tamoyillarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda kelgusi o‘n yillik uchun yangi davlat talablari va ta’lim standartlarining namunaviy modellarini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.