Kafedra mudiri: Tursımuratov Sapar Yeshmuratovich
Telefon: +99893 614-40-20
E-mail: sapartursimuratov@tdaunukus.uz

«Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash» kafedrasi  tariyxi

       «Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash» kafedrasi 1977-yilda Nukus davlat universitetining «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fakulteti tarkibida tashkil etildi. 2003-yilda «Umumiy texnik fanlar va hayot harakati xavfsizligi,» «Traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalari» va «Mashinalarning ishonchliligi, foydalanish va ta’mirlash-tuzatish» kafedralari bazasida bugungi kunda ish olib bormoqda. Shu davrgacha kafedraga professorlardan S.N.Shamshetov, O.P.Avezov, dotsentlardan A.Xojamuratov, T.Bazarbayev, B.A.Loc, E.Q.Sultanov, S.U.Allaniyazov, B.K.Utepbergenov hamda R.O.Sodiqovlar rahbarlik qildi.

          Hozirgi vaqtda kafedraga 2025-yildan boshlab texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Tursimuratov Sapar Yeshmuratovich «Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash» kafedrasiga rahbarlik qilib kelmoqda.

          Kafedrada 2 ta professor; 4 t.i.k., dotsentlar; 4 ta texnika fanlari nomzodlari;   1 – katta o‘qituvchi; 3 assistent ilmiy-pedagogik ishlarini olib bormoqda.

         Kunduzgi o‘quv bo‘limida 60810100-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash, 60711400-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish, sirtqi bo‘limida 60810100-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash bakalavriat, 70810101-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash (tarmoqlar bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha magistratura hamda 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash yo‘nalishi bo‘yicha tayanch doktorantura bosqichida kadrlar tayyorlanadi.

Kafedraning ilmiy ishlari

      Kafedra, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti olimlari professor A.To‘qto‘qo‘ziyev, R.I.Baymetov, A.Karaxanov, A.Ibragimov va boshqa olimlar rahbarligida ilmiy mutaxassislar tayyorlashda hamkorlik qilib kelmoqda.

       Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari Respublikamiz qishloq xo‘jaligida foydalanib kelinayotgan mashina va qurollarning ish rejimlarini va ularning ishchi qismlarining konstruksiyasini, asosiy o‘lchamlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan. Bu ishlarning natijasi bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘plab patentlar olingan, shulardan: («G‘ildirakli traktor.» Patent IAP 04355 (05.04.2011); «Tishli borona.» Patent IAP 04446 (14.11.2011); «Tuproqqa ishlov beruvchi mashinaning qishloq xo‘jaligi ekinlaridagi qatqaloqlarni yumshatuvchi ishchi seksiyasi.» Patent IAP 00670 (28.11.2011); «G‘o‘za ildizini kesadigan kultivatorning ishchi organi.» Patent IAP 04538 (10.07.2012); «Plyonka yoygich.» Patent IAP 04746 (30.08.2013); «O‘qli uzatiladigan ishqalash qurilmasi.» Patent IAP 0079 (30.01.2013), «Ishqalash mashinasining yuklash qurilmasi» Patent IAP 00882 (06.02.2014).

       «Saralash qurilmasi» Patent IAP 00955 (31.10.2014), «Kultivatorning ishchi seksiyasi» Patent RUz. NoIAP 05004 (2015), «Mineral o‘g‘itni maydalagich» O‘zR Patenti. NoIAP 05646 (19.01.2015), «Organik o‘g‘itni maydalagich» O‘zR Patenti. NoIAP 05642 (12.02.2015), «G‘o‘zapoya maydalagich» O‘zR Patenti. NoIAP06060 (14.08.2017), «Kultivatorning ishchi seksiyasi» O‘zR Patenti. NoIAP 06345 (15.03.2018), «Kultivatorning o‘toq qiluvchi panjasi» O‘zR Patenti. NoIAP06603 (29.01.2021), «Ekkich» Patentga Qaror (16.12.2021), «Traktor» Patentga Qaror (21.01.2022), «Saksovul urug‘larini ekuvchi» NoFAP 2633 (10.12.2024) Patent olindi va bu ishlarning natijalari Respublika va xorijiy ilmiy jurnallarda va ilmiy-texnik konferensiyalarda e’lon qilindi.

Kafedraning oliy o‘quv yurtlari va ishlab chiqarish korxonalari bilan aloqasi

       Kafedra Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, ToshDAU Samarqand filiali, Rossiya Federatsiyasining Volgograd davlat agrar universiteti hamda Chelyabinsk Janubiy Ural davlat agrar universiteti va boshqa oliy o‘quv yurtlari bilan mutaxassislar tayyorlashda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.