So‘nggi paytlarda mamlakatimizda ta’lim sifati va yoshlar tarbiyasiga katta e’tibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida talabalarning qishloq xo‘jaligi sohasida o‘z kasbiy faoliyatini muvaffaqiyatli boshlashlari uchun barcha zarur bilimlarni o‘zlashtirishi va amaliy faoliyat yuritishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.
Institutimizda tajribali va yuqori malakali professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda, ular o‘zlarining keng bilimlarini talabalar bilan baham ko‘rishga tayyor. Shuningdek, institutimiz talabalarga xorijning yetakchi universitetlarida tahsil olish, bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirish, tajriba orttirish uchun ajoyib imkoniyat yaratib berayotganidan faxrlanamiz.
Bugun, 2022-yil 16-avgust kuni institutimiz rektori professor E.Sh. Toreniyazov va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor dotsent N. Absattarov Janubiy Ural davlat agrar universiteti magistratura bosqichida o‘qishga grant yutib olgan Zooinjeneriya fakulteti bitiruvchisi Mambetsapaev Alpamisni tabrikladi. Institut rahbariyati faxr-iftixor izhor etib, u JUDAUning “Veterinariya-sanitariya ekspertizasi” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura talabasi bo‘lib, to‘g‘ri tanlov qilganini ta’kidladi. Shu bilan to’xtab qolmaslikni va doimo o’z maqsadlari, orzulari sari olg’a borishni, yuksak marralarni egallashni aytib o’tdi. Mamlakatimiz kelajagi, mehnatkash xalqimiz baxti, farovonligi sizlar, yoshlarning qo‘lida, – dedi rektorimiz.