«Uch avlod uchrashuvi» bo’lib o’tdi
Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida «Uch avlod uchrashuvi» bo’lib o’tdi. Uchrashuvda institutni 40 yil avval bitirib, qishloq xo’jaligi sohasining turli yo’nalishlarida faoliyat olib borgan, bugungi kunda nafaqadagi yoshi ulug’ tajriybali nuroniy ustozlar hamda institutning bu yilgi bitiruchilari va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbirda so’zga chiqqanlar tomonidan, Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti Respublikada qishloq xo’jaligi sohasi mutaxasislarini tayyorlovchi yagona o’quv o’rni hisoblanib, uning malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi o’rni hamda muvaffaqiyatlari, professor-o’qituvchilarning ilmiy natijalari hamda ta’lim sifatini oshirishdagi so’ngi yangiliklari haqida aytib o’tildi.
Uchrashuvda institut rektorı E.To’raniyazov so’zga chiqib, bugungi «Uch avlod uchrashuvi» ishtrokchilarining barchasi qishloq xo’jaligi sohasi vakillari, ularning biri soha rivoji ushun xizmat qilgan nuroniy ustozlar bo’lsa, biri endi ushbu sohada mehnat yo’lini boshlash oldida turgan bugungi bitiruvchilar deb atab o’tdi. Bitiruvchi yoshlarga oq yo’l tilab, yoshi katta ustozlari singari malakali mutaxasis, sohaning fidoyilari bo’lib mehnat qilishiga tilakdoshlik bildirdi.
Joriy yilda Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutini 19 ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavriattıń sirtqi va kunduzgi ta’lim shakli bo’yicha jami 576 talabalar bitirib, mutaxassisligi bo’yicha diplomga ega bo’ldi.
Tadbirda ta’kidlangaidek, institutda bilim sifatini oshirish maqsadida chet el o’quv yurtlari bilan aloqalar o’rnatilgan bo’lib, hozirgi kunda 10 dan ortiq xorijiy davlatlarning oliy o’quv yurtlari bilan 50 dan ortiq shartnomalar tuzilgan.
Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti bitiruvchilari 2021 yildan buyon Rossiya Federaciyasınıń yetakchi oliy o’quv yurtlarida magistratura bosqichida o’qishini davom etish dasturi yo’lga qo’yilgan bo’lib, bugungi kunda 5 nafar talaba Rossiya Federatsiyasining Janub-Ural Davlat agrar universiteti hamda Povolje Davlat texnalogiya universitetida tahsil olmoqda.
2023 yildan buyon institutimiz bitiruvchilarini Yaponiya, Germaniya hamda boshqada rivojlangan davlatlarda magistratura, doktorantura bosqichlarida o’qishini davom etish bo’yicha amaliy seminarlar hamda treninglar o’tkazilmoqda.
Uchrashuv so’ngida bitiruvchilarga diplom berish marosimi bo’lib o’tdi va qishloq xo’jalik sohasida mehnat qilgan tajriybali, nuroniy ustozlar bitiruvchi yoshlarga baland parvozlar tiladi.