Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida navbatdagi ilmiy kengash majilisi bo’lib o’tdi.
Institut rektorı B. Jollibekov boshchiligida navbatdagi kengaytirilgan ilmiy kengash majilisi bo’lib o’tdi. Majlisda qaralgan bosh masalalar, Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti ilmiy ishlar va innovaciyalar bo’yicha prorektor lavozimiga Olimov Otabek Kerimbergenovich tayinlandı. Ilmiy kengash a’zolari Olimov Otabek Karimbergenovichni yangi lavozim bilan tabriklab, uning institut rivojida shijoat bilan mehnat etishiga ishonch bildirdi.
Majilis davomida Institut rektorı B. Jollibekov, birinchi prorektor R. Ibragimovaning institutning manaviy ishlarida fidoyilik bilan ishlab, yuqori natijalarga erishib kelayotganligini aytib, uni O’zbekiston Respublikasi ma’naviyat va marifat kengashining » Ma’naviyat Fidoyisi» kókrak belgisi bilan mukofotlanganlıgi sabapli qizg’in qutladi.
Shundan so’ng yanvar oyida » Yangi turmush uchun, yangi O’zbekiston uchun» shiori ostida o’tkazilgan » Mahallada duv-duv » nomli tarĝibot ishlarini mahallarda fidoyilik bilan olib borganligi uchun institutimiz professor o’qituvchilariga MINNATDORCHILIK fahriy yorliqlari topshirildi.
Joriy yilning o’zida institutimiz yaxshi yutuqlarga erishdi desak, aslo hato aytgan bo’lmaymiz. Talabchan, izlanuvchan talaba yoshlarimiz o’zlarining bilimlarini yana da mustahkamlap yaxshi ko’rsatkichlarga erishdilar. Ulardan, Beruniy nomidagi davlat stipendiya egasi Uzoqova Farida, I. Karimov nomidagi davlat stipendiya egasi Shaxnoza Baxtiyar qizi, I. Yusupov nomidagi dablat stipendiya egasi A.Uzoqova, T. Qayıpbergenov nomidagi davlat stipendiya egasi Yulduzxan Yoldoshbaevalar mukofotlandı. Bular bizning fahrimiz va kelgusida bunday yutuqlariniz yana da davom etadi deb ishonamiz.