Xabaringiz bor, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori B.Jollibekov ayni paytda Estoniya tabiiy fanlar universitetiga xizmat safarida.
Shu bilan birga Estoniya tabiiy fanlar universitetida o‘tkazilgan «Ochiq eshiklar kuni» tadbirida ishtirok etib, «Resilience system to the climate change in the Uzbekistan» mavzusida ochiq dars o‘tdi va bundan tashqari institutimiz haqida ma’lumotlar berdi.
Ushbu tadbir davomida Estoniya tabiiy fanlar universiteti professorlari va o‘z kafedrasi talaba-yoshlari bilan tanishtirib, har bir olim o‘z ishlari bo‘yicha tushunchalar berib o‘tdi. Ular qatorida institut rektori B.Jollibekov ham o‘zining ilmiy va kasbiy faoliyati natijalarini estoniyalik yoshlarga tushuntirib berdi.
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti ilmiy va professional faoliyatini oshirish maqsadida B.Jollibekov tomonidan bugungi kunda «Koreya, Germaniya, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Yaponiya, Turkiya» kabi mamlakatlar