Nukus shahri 26-sonli o’rta maktab o‘quvchilari o‘rtasida Rektor kubogi o‘yinlari o‘tkazildi

2025-yil 3-aprel sanasida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tomonidan yosh o‘smirlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida sportning voleybol turi bo‘yicha rektor kubogi musobaqalari Nukus shahrida joylashgan 26-sonli o‘rta maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbirni Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori B.Jollibekov ochib berdi va ishtirokchilarga o‘zining ezgu tilaklari bilan birga musobaqada omad yor bo‘lishiga tilakdosh ekanligini bildirdi.

Shundan so‘ng institutimizning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori M.Davletmuratov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Tlegenov va  Z.Allaniyazovlar o‘yinlarni kuzatib bordi.

✅Musobaqa yakunida
🥇1 o‘rin 11 a-sinf.
🥈2 o‘rin, 9 b-sinf.
🥉3-o‘rinni 10b-sinf tarbiyalanuvchilari egallashga muvaffaq bo‘ldi.

Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar institut rektorati tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.