Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida ham Navro‘z sayli bo‘lib o‘tdi
Bayram kechasini Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori B.Jollibekov ochib berdi.
Shundan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Koziyev Akbar Saparbayevich tomonidan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Navro‘z – bu yangilanish va yasharish mavsumi, musulmon xalqlarining yangi yil bayrami. Bu bayramda hamma milliyligimizga alohida e’tibor berib, ularni aks ettiradi. Bayram sayli juda qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda.