Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga qarashli Chimboy tumani ixtisoslashtirilgan maktabining yuqori sinf o‘quvchilarini Oliy o‘quv yurtlari bilan yaqindan tanishtirish, amaliy tajriba orttirish maqsadida maktab ma’muriyati va o‘qituvchilar rahbarligida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida bo‘ldi.
🔹Ekskursiya davomida institutning Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh muhandisi Abdikarimov Alliyar hamda o‘qituvchi ustozlardan Adilov Sadirbay, Xamidullayev Janabergen, Toremuratov Muxamediyarlar o‘quv-laboratoriya, amaliy mashg‘ulot xonalari bilan tanishtirib o‘tdi. So‘ng axborot-resurs markazi, majlislar zali, issiqxonalar va institut hududida tashkil etilgan ko‘kalamzorlashtirish maskanlari bilan tanishtirildi hamda institut bo‘ylab sayohat ham tashkil etildi.
Tabiiy fan yo‘nalishidagi talabalar esa laboratoriya xonalarida professor o‘qituvchilardan o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olib, ular bilan birgalikda kichik amaliyotlar o‘tkazdi.
Tabiiy fan yo‘nalishidagi talabalar esa laboratoriya xonalarida professor o‘qituvchilardan o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olib, ular bilan birgalikda kichik amaliyotlar o‘tkazdi.
Sayohat davomida maktab o‘quvchilari institutning tashkil etilish tarixi, ya’ni – Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 275-sonli qarori asosida Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali bazasida tashkil etilganligi haqida. bugungi kunda institutda tayyorlanadigan ta’lim yo‘nalishlari – 33 bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, 17 magistratura mutaxassisliklari va 15 doktorantura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
Ushbu ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarda 3541 nafar yoshlar (2267 nafar o‘g‘il bolalar va 1274 nafar qiz bolalar) tahsil olayotganligi haqida. Shundan, 2196 talaba kunduzgi bakalavriatda, 1240 talaba sirtqi ta’limda, 51 talaba magistraturada va 54 yoshlar doktoranturada o‘qiyotganligi haqida va ularga jami 249 professor-o‘qituvchilar ta’lim bermoqda. Shundan, 7 nafar professor, 53 nafar dotsent, 57 nafar fan doktori, 119 nafar assistent va 13 nafar stajyor o‘qituvchilar hisoblanishi hamda professor-o‘qituvchilarning ilmiy darajasi 47,6 foizni tashkil etishi ma’lum qilindi.