Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hamda Kegeyli tumani 2-sonli politexnikumi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 4-iyuldagi «Oliy o‘quv yurtlari va ularning filiallariga biriktirilgan texnikumlarda tegishli kafedralarning filiallari hamda o‘quv laboratoriyalari xizmatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 226-sonli va 2025-yil 25-fevraldagi «Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 77-sonli buyruq talablaridan kelib chiqib Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti «Gumanitar fanlar va tillar» kafedrasi mudiri Z.Kallibekova, katta o‘qituvchi Z.Mambetniyazova, assistentlar Z.Allaniyazov, G.Erjanova va A.Seyfullayevlar institutga biriktirilgan Kegeyli tumani 2-sonli politexnikumiga borib mahorat darslarini o‘tkazdi.

Xususan, dotsent Z.Kallibekova «Renessans davri va uning yutuqlari,» Z.Mambetniyazova «XIX asrning oxirida o‘lkamizda jadidchilik harakatining vakillari,» Z.Allaniyazov «Voleybol o‘yinida hujum qilish va himoya texnikasi,» G.Erjanova «Yangi nashrdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi» va A.Seyfullayev «Islom dini» mavzularida keng tushunchalar berdi.

Dotsent Z.Kallibekova o‘z so‘zida mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’lim sohasiga yuksak e’tibor qaratilib, O‘zbekistonning «oltin fondi» tashkil etilayotganini alohida ta’kidladi.

Katta o‘qituvchi Z.Mambetniyazova o‘lkamizda jadid ma’rifatparvarlari M.Behbudiy, A.Avloniy, M.Qori, A.Fitrat, A.Qodiriy, S.Ayniy, S.Majitovlar tomonidan ilm-fan, ma’rifat, madaniyat sohasida qator islohotlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlarni so‘zlab berdi.

Jismoniy tarbiya va sport fani o‘qituvchisi Z.Allaniyazov mahorat darsida «Voleybol o‘yinida hujum va himoya texnikasi» deb nomlanib, unda o‘qituvchi tomonidan voleybol o‘yini tarixi, uning qoidalari, sport maydonining o‘lchamlari, voleybol o‘yinida hujum va himoya usullari haqida amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Dars yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi. O‘qituvchi tomonidan yozilgan «Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy sifatlarini rivojlantirish xususiyatlari» nomli o‘quv metodik kitobini sovg‘a sifatida taqdim etdi.

Assistent G.Erjanova «Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi»ning qabul qilinishi, undagi o‘zgarishlar, yangi qo‘shilgan bob va moddalarga to‘xtaldi.

Dinshunoslik fani o‘qituvchisi A.Seyfullayev «Islom dini» tarixi, muqaddas manbai, ta’limotlari, bayramlari, marosimlari, dinning payg‘ambari va uning faoliyati haqidagi ma’lumotlarni so‘zlab berdi.

Dinshunoslik fani o‘qituvchisi A.Seyfullayev «Islom dini» tarixi, muqaddas manbai, ta’limotlari, bayramlari, marosimlari, dinning payg‘ambari va uning faoliyati haqidagi ma’lumotlarni so‘zlab berdi.

O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.