2025-yil 21-aprel kuni Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari institutining «Gumanitar fanlar va tillar» kafedrasi assistent o‘qituvchisi Sayfullayev Allanazar Skenderbekovichning bevosita tashabbusi bilan «Zooinjeneriya» fakultetining talaba yoshlari o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkil etildi. Ushbu intellektual o‘yinda fakultetning iqtidorli talaba yoshlaridan tuzilgan 1-kurs talabalarining «JIPEK» jamoasi, 1-kurs talabalarining «EVEREST,» 2-kurs talabalaridan «INTELLEKT,» «FENIKS» va «LIDERLER» jamoalari ishtirok etib o‘zaro bilimlarini sinab ko‘rdi.
Intellektual o‘yinda fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari K.Maqulboyev, fakultet tyutori G.Turimbetova, fakultet rahbari J.Qozoqboyev va A.Seyfullayevlar ishtirok etdi.
Talaba yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, nazariy va amaliy jihatdan olgan bilimlarini sinab ko‘rish, ularning mantiqiy, kreativ fikrlash darajasini oshirish, kitobxonlikka qiziqtirish maqsadida intellektual o‘yini tashkil etildi. Barcha jamoa a’zolari intellektual o‘yinda faol ishtirok etdi. O‘yin shartlari bilan tushuntirilib, jamoalar bir-biriga xalaqit bermagan holda, berilgan vaqt ichida javoblarning aniq va to‘liq tarzda bo‘lishi kerakligi eslatildi. O‘yinda jami 15 ta savol o‘ynaldi. Barcha ishtirok etgan jamoalar o‘yin yakuniga ko‘ra quyidagicha o‘rinlarni egalladi.
1-o‘rin: «INTELLEKT»
2-o‘rin: «JIPEK»
3-o‘rin: «LIDERLAR»
O‘yin yakuni bo‘yicha bunday intellektual o‘yinlarni institutning talaba yoshlari o‘rtasida muntazam o‘tkazib borish va ularning mantiqiy fikrlash darajasini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.