2025-yili 24-aprel kuni Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti axborot-resurs markazi mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan, «O‘zbekiston-kitobxonlar makoni» shiori ostida o‘tkaziladigan V Respublika «Kitobxonlar haftaligi»ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2025-yil 11-apreldagi 3-sonli «O‘zbekiston-kitobxonlar makoni» shiori ostida V Respublika «Kitobxonlar haftaligi»ni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida institutimizda keng tarzda o‘tkazilmoqda.
Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha birinchi prorektor M.Davletmuratov, axborot-resurs markazi rahbari U.Amanjolova, yoshlar ittifoqi yetakchisi M.Mambetov, dekan o‘rinbosari, tyutor va talaba yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda axborot-resurs markazi rahbari U. Amanjolova so‘zga chiqib, ushbu tadbirni o‘tkazish orqali yoshlarga «Kitobxonlik haftaligi»ning milliy g‘oyasini amalga oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, kitobxonlikka keng jalb etish, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, so‘z boyligini kengaytirish, ijtimoiy faolligini, Vatanimizga bo‘lgan hurmatini oshirishdan iborat. Shuningdek, o‘zbek, qoraqalpoq jahon adabiyotining durdonalari bilan keng tanishtirib borish.
Undan so‘ng institutimizning birinchi prorektori M.Davletmuratov va Yoshlar ittifoqi yoshlar yetakchisi: M.Mambetovlar so‘zga chiqib ishtirokchilarga inson hayotida kitobning o‘rni va o‘z hayot yo‘llarida bu adabiy va qanday kitoblarni o‘qish qanchalik foydali bo‘lganligi haqida hayotiy misollar keltirib o‘tish bilan birga o‘z fikr-takliflari bilan bo‘lishdi.
Ma’lumot o‘rnida institutimizning kitob fondi joriy yil boshidan 205 nomdagi 1000 dan ortiq adabiy kitoblar bilan boyidi.Shundan: «O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi» tomonidan 82 nomdagi 500 dona kitob sovg‘a qilindi.Institutimiz tomonidan 123 nomdagi 414 dona kitob to‘ldirildi.