17-may kuni Nukus shahri Oqqus majmuasida bo‘lib o‘tgan O‘rta Osiyoning eng sara yoshlarini bir joyga jamlagan «Green Spark» va «Yoshlar va iqlim» tanlovlarining final bosqichida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti «Agrotexnologiya va o‘rmonchilik» fakulteti Meva-sabzavotchilik va polizchilikka qarashli issiqxonalarni yuritish va tashkil etish mutaxassisligi 3-kurs talabasi Xudoyon Oksana mukofoti 4-o‘rinni egallab 3000 AQSh dollari bilan taqdirlandi.

 Ekologik muammolarni yechishga qaratilgan innovatsion g‘oyalar va startap loyihalarning taqdimoti tinglandi. Tanlovda ishtirok etish uchun Markaziy Osiyoning 5 mamlakatidan saralangan 500 ga yaqin yoshlardan arizalar kelib tushgan bo‘lib, «Green spark» tanlovida 24 ishtirokchi, «Yoshlar va iqlim» tanlovida 14 ishtirokchi final bosqichida qatnashdi.

 Talaba yoshimizni institutimiz rektori B.Jollibekov qo‘lga kiritgan natijalari bilan tabrikladi va nol muvaffaqiyat kelajakdagi tashabbuslarda eng muhim qadam ekanligini alohida ta’kidladi.
 Studnet yoshlarimizni shunday sovrinli o‘rinlari bilan institut jamoasi nomidan tabriklaymiz va shu qatorda musobaqaga tayyorlagan ustoziga ham minnatdorchilik bildiramiz!!!