O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Respublika ilmiy Qishloq xo‘jaligi kutubxonasi va Toshkent davlat agrar universiteti hamkorligida 21-may «Kutubxonachilar kuni» munosabati bilan «Yangi O‘zbekistonda kitobga mehr – kutubxonachiga hurmat» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjuman-jumanda onlayn tarzda zoom platformasidan Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori B.Jollibekov boshchiligida institutimiz prorektorlari, axborot-resurs markazi jamoasi va bir qator professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Ilmiy-amaliy konferensiyani Qishloq xo‘jaligi vazirining maslahatchisi E.Abdualimov kirish so‘zi bilan ochdi va bugungi kunda Respublikamizda 12 mingdan ortiq axborot-kutubxona muassasasi bor. Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Respublika ilmiy qishloq xo‘jaligi kutubxonasi, 9 ta oliy ta’lim muassasasi hamda 21 ta ilmiy-tadqiqot muassasasida ham axborot-resurs markazlari faoliyat yuritadi. Bugungi seminar ishiga va barcha kutubxonachilarimizning ishlariga muvaffaqiyat, mashaqqatli mehnatlariga omad tilayman,» – dedi vazir maslahatchisi o‘zining kirish so‘zida.
Ilmiy-amaliy anjuman yakunlangandan so‘ng institutimiz rektori so‘zga chiqib bugungi kunda kutubxonamizda ayamasdan mehnat qilayotgan kutubxonachilarimizni bugungi bayram bilan tabriklab ularning institutimizda kitobsevarlikni oshirish yo‘lidagi xizmatlarini yuqori baholashini alohida ta’kidladi. Har bir sidqidildan qilingan ish yuqori baholanadi, shu bilan birga institutimiz tomonidan kutubxonachilarimizga moddiy sovg‘alar va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.